date

Ikardi «Eyupspor»ga uch gol urib klub rekordini yangiladi

Ikardi «Eyupspor»ga uch gol urib klub rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uch gol Ikardiga «Galatasaray» tarixidagi eng sermahsul legioner maqomini olib keldi. U ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadji klub safida 75 gol urgan bo‘lsa, Ikardining hisobida endi 76 gol bor.

Klub to‘purarlari umumiy ro‘yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog‘onada bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Mauro 2023 yildan beri Istanbul jamoasida o‘ynaydi, undan avval fransuzning «PSJ» klubida to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi «Eyupspor»ga uch gol urib klub rekordini yangiladi