RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan ayrildi

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi kamida bir yarim oyga asosiy darvozaboni Peter Gulachisiz qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vengriyalik posbon yaqinda «buqalar»ning «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.
Yaxshi tomoni, futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmaydi. Shifokorlar uning chap tizzasidagi medial kollateral bog‘lam uzilganini aniqlashdi. Gulachi joriy mavsumda 22 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Hozirda «RB Leyptsig» Germaniya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda, jamoa hisobida 40 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing