Korneev Girona Barselonaga yana ko'proq urishi mumkin edi

La Liganing 24-turida Girona bilan o'yinda Barselona himoyada juda sust ko'rindi. Buni CSKA sobiq yarim himoyachisi Igor Korneev ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, kataloniyaliklar atigi ikki gol o‘tkazib yuborgani bilan ham omadi chopgan.
«Himoyada bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Girona biroz chaqqonroq bo‘lganida, yanada ko‘proq gol urardi», — dedi Korneev «Match TV» efirida.
Korneevning aytishicha, Barselona raqibi kamida o‘nlab xavfli vaziyatlar yaratgan — ularning bir qismi golga juda yaqin epizodlar bo‘lgan.
1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Barselona Ispaniya chempionatida peshqadamlikni boy berib, Madridning Real klubini oldinga o‘tkazib yubordi. Hans-Diter Flik jamoasi «qaymoqranglilar»dan ikki ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!