RB Leyptsig tajribali darvozabonidan vaqtincha ayrildi

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi kamida bir yarim oy davomida asosiy darvozaboni Peter Gulachisiz qoladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vengriyalik posbon yaqinda o‘tkazilgan uy uchrashuvida — «bo‘rilar»ning «Volfsburg»ga qarshi o‘yinida jarohat oldi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq maydonni tark etdi.
Eng quvonarlisi, futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmaydi. Tibbiy tekshiruvlar Gulachining chap tizzasidagi medial kollateral boylam uzilganini ko‘rsatdi. Darvozabon joriy mavsumda 22 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Bundesliga turnir jadvalida «RB Leyptsig» hozircha 40 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing