“Barselona” transferga tayyor: qaysi yetakchilar ketishi mumkin?

“Barselona” transferga tayyor: qaysi yetakchilar ketishi mumkin?
Qisqacha

“Barselona” yozgi transfer oynasi oldidan muhim qarorlar qabul qilish arafasida. Jamoa Jül Kunde, Ronald Arauxo va Alejandro Balde kabi asosiy futbolchilarni sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, agar jiddiy takliflar kelib tushsa. Moliyaviy cheklovlar sababli, yangi futbolchilarni, masalan, Alessandro Bastoni va Julian Alvarezni qo'shish faqat mavjud futbolchilarni sotish orqali amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, yozda "Barselona"da katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

Kataloniyaning «Barselona» klubi yozgi transfer oynasi oldidan jiddiy qarorlar arafasida turibdi. Ispaniya matbuoti, xususan Sport nashri maʼlumotiga koʻra, jamoa bir qator asosiy futbolchilar boʻyicha keladigan takliflarni koʻrib chiqishga tayyor.

Gap Jyul Kunde, Ronald Arauxo va Alexandro Balde haqida bormoqda. Ular klub uchun muhim figuralar boʻlib kelgan boʻlsa-da, hozirgi sharoitda “daxlsiz” maqomida emas. Agar jiddiy va manfaatli taklif tushsa, «Barselona» ularni sotish variantini ham inkor etmaydi.

Bu qaror ortida moliyaviy omillar turibdi. Klub Alessandro Bastoni va Xulian Alvares kabi yuqori saviyadagi futbolchilarni tarkibiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Biroq mavjud iqtisodiy cheklovlar sabab bu transferlar faqat sotuvlar orqali amalga oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, joriy mavsumda Kunde, Arauxo va Baldening jamoadagi roli biroz pasaygan. Doimiy rotatsiya va tarkibdagi oʻzgarishlar ularning barqaror oʻyiniga taʼsir oʻtkazgan. Shu sababdan klub ham, futbolchilar ham yangi chaqiriqlarga ochiq boʻlib qolmoqda.

Avvalroq Bastoni va Alvaresning oʻzi ham «Barselona»ga oʻtishga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Demak, yozda Kataloniyada katta “dvijeniye” boʻlishi aniq.

Qisqacha aytganda, «Barsa» qayta qurilish rejimida: kimdir keladi, kimdir ketadi — va bu jarayon hali boshlanishi endi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar