date

Mbappe jarohati sababli "Real Madrid" safida El-Klasikoni o'tkazib yuborishi mumkin

Mbappe jarohati sababli "Real Madrid" safida El-Klasikoni o'tkazib yuborishi mumkin

"Real Madrid" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionati doirasidagi "Real Betis"ga qarshi bahsda jarohat oldi. Madridliklar jamoasi tibbiy shtabi fransiyalik futbolchining holati bo'yicha rasmiy ma'lumot e'lon qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Mbappe chap oyog'ida noqulaylik sezgani sababli maydonni tark etishni so'ragan. Dastlabki tekshiruvlar natijasida hujumchining mushaklarida muammo borligi aniqlangan.


Ushbu jarohat sababli Kilian Mbappe "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan muhim El-Klasiko bahsini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xavotirlar paydo bo'ldi. Hozirda futbolchining tiklanish jarayoni nazoratga olingan.

Klub shifokorlari Mbappening maydonga qaytish muddati bo'yicha aniq sana ko'rsatishmagan. Yaqin kunlarda o'tkaziladigan qo'shimcha tibbiy ko'riklar uning tiklanish vaqtini aniqlab beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe jarohati sababli "Real Madrid" safida El-Klasikoni o'tkazib yuborishi mumkin