"Real Madrid" Skaloni bilan aloqaga chiqdi

1 daqiqa o'qish913
"Real Madrid" Skaloni bilan aloqaga chiqdi

"Real Madrid" rahbariyati Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni bilan aloqaga chiqdi. Madridliklar 47 yoshli mutaxassisni Alvaro Arbeloa o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda klub Ispaniya chempionatida "Barselona"dan 11 ochko ortda qolmoqda.

"Real Madrid" Skaloni bilan aloqaga chiqdi

Skaloni Argentina bilan Kopa Amerika va Jahon chempionatida g'olib chiqqanidan so'ng uning nufuzi keskin oshdi. Madrid klubi rahbari Florentino Peresning ro'yxatidan Sesk Fabregas, Yurgen Klopp va Didye Desham kabi nomlar ham joy olgan.

Biroq Skalonining yulduz futbolchilar, xususan Lionel Messi bilan ishlash qobiliyati klub e'tiborini tortgan.

"Real Madrid" Skaloni bilan aloqaga chiqdi

Hozirda Skalonining Argentina futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomasi 2026 yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar amal qiladi. Murabbiy o'z kelajagi haqidagi savollarga javob berar ekan, bor e'tiborini terma jamoadagi vazifasiga qaratganini ta'kidladi.

U prezident bilan munosabatlari yaxshi ekanini va uzoq kelajak haqida o'ylamasligini ma'lum qildi.

Alvaro Arbeloaning jamoadagi holati borgan sari murakkablashib bormoqda. Sobiq himoyachi boshqaruvidagi jamoa chempionlik poygasidan deyarli chiqib ketdi.

Agar Skaloni bilan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Arbeloaning mavsum oxirida iste'foga chiqishi muqarrar bo'lib qoladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?