date

Krishtianu Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning bir qator top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo'shish variantini taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozlaridan biri sifatida ko'rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi