Anchelotti Neymarni JChga faqat bir shart bilan chaqiradi

Neymar yozga qadar optimal holatga kelib, Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempionatida qatnashishni maqsad qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri UOL jurnalisti Rodrigo Mattosga tayanib xabar berishicha, “selesao” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchini terma jamoaga faqat u jismoniy jihatdan to‘liq tayyor bo‘lsa, chaqiradi.
Qayd etilishicha, Anchelottining Neymarga nisbatan alohida shaxsiy iliq munosabati yo‘q. Agar futbolchi kerakli sport formasiga kira olmasa, u milliy jamoa ro‘yxatidan joy olmaydi.
Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Mundial AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing