date

Atletiko Xulian Alvaresga yangi shartnoma taklif qildi

Atletiko Xulian Alvaresga yangi shartnoma taklif qildi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni qo'ldan boy bermaslikka jiddiy kirishdi. So'nggi paytlarda argentinalik futbolchi «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted» hamda «Barselona» bilan tez-tez bog'lanayotgani fonida «matraschilar» uni jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, klub 26 yoshli Alvaresga shartnomani uzaytirish bo'yicha rasmiy taklif yuborgan va muzokaralarni tezlashtirish niyatida.

Transfermarkt portali Alvaresning bozor narxini 100 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u 34 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

«Atletiko»ning navbatdagi uchrashuvi 18 fevral kuni safarda «Bryugge»ga qarshi Chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko Xulian Alvaresga yangi shartnoma taklif qildi