date

Real mudofaa markazi uchun asosiy transfer nishonini tanladi

Real mudofaa markazi uchun asosiy transfer nishonini tanladi

Madridning «Real» klubi yozgi qayta qurish jarayonida himoya chizig‘ini kuchaytirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida ko‘rmoqda. Diario Sport xabariga ko‘ra, markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun «qaymoqranglilar»ning ustuvor nomzodi «Liverpul» futbolchisi Ibraima Konate bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada ta’kidlanishicha, fransuz futbolchi «qizillar» bilan shartnomani uzaytirmasa, iyun oxirida kelishuvi yakunlanadi va erkin agent maqomida bozorga chiqishi mumkin. O‘tgan yili ham «Real» Konate uchun asosiy da’vogarlar qatorida tilga olingandi, biroq keyinroq bu qiziqish susaygan.

So‘nggi haftalarda esa 26 yoshli himoyachining Madridga ko‘chib o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar yana kuchaydi. Transfermarkt Konatening bozor qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real mudofaa markazi uchun asosiy transfer nishonini tanladi