Bavariya vingeri Olose kelajakda La Ligaga ko'z tikdi

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olose atrofida transfer mish-mishlari hanuz tinmayapti — futbolchining kelajakda jamoani tark etishi mumkinligi haqida gaplar yana kuchaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk xabariga ko'ra, 24 yoshli fransuz futbolchi bir kun kelib Ispaniya La Ligasida o'zini sinab ko'rishni istaydi. Uning bu niyatidan Madridning «Real»i va «Barselona»si ham xabardor. Shunga qaramay, Olose yaqin kelajakda klubini o'zgartirishni rejalashtirmoqda, degan gaplar tasdiq topmayapti: hozircha u Myunxendagi hayot va sharoitlardan to'liq mamnun.
Olose «Bavariya» safiga 2024 yil yozida «Kristal Pelas»dan kelib qo'shilgan. Futbolchining nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, Transfermarkt esa uning transfer qiymatini 130 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!