date

Kompani Bavariyada kimni ko‘rishni xohlashini aytdi

Kompani Bavariyada kimni ko‘rishni xohlashini aytdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani klubga qaysi futbolchini olib kelishni istashi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, uning asosiy vazifasi hozirgi tarkibdagi futbolchilar bilan samarali ishlashdan iborat, yangi transferlar bo‘yicha esa klubda boshqa mas’ullar bor. Kompani «bizdagi futbolchilar — eng yaxshilar» deya urg‘u berib, Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqa o‘yinchilar bilan ishlashni xohlashini aytdi. Murabbiy yozgi transferlar davrida vaziyat qanday kechishini vaqt ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.

Vensan Kompani «Bavariya»ni 2024 yil yozida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida myunxenliklar Bundesligani hamda Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Bavariyada kimni ko‘rishni xohlashini aytdi