date

Sirdaryoda bog‘cha mudirasi pora olayotganda qo'lga tushdi

Sirdaryoda bog‘cha mudirasi pora olayotganda qo'lga tushdi

Sirdaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritgan mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 1986 yilda tug‘ilgan ayol Sirdaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida ishlab kelgan. U fuqaroning farzandini kelgusida o‘zi rahbarlik qilayotgan bog‘chaga ishga joylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 2 million 500 ming so‘m miqdorida pul talab qilgan.

Mazkur kelishuv jarayonida mudira so‘ralgan pulning 200 ming so‘mini oldindan, ya’ni avans sifatida o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot organlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etilgan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan operatsiya davomida mansabdor shaxs qolgan 2 million 300 ming so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlari chuqur o‘rganilayotgani bildirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda bog‘cha mudirasi pora olayotganda qo'lga tushdi