Maktabda dars qoldirganlar uchun onlayn jarima solish boshlandi

Maktabda dars qoldirganlar uchun onlayn jarima solish boshlandi
Qisqacha

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish maqsadida sun’iy intellektga asoslangan "AI Davomat" loyihasi ishga tushirildi. Mazkur tizim dars qoldirgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotni avtomatik ravishda Ichki ishlar vazirligiga yuboradi va ota-onalarga masofaviy tarzda jarima qo‘llaniladi. Sababsiz dars qoldirganlik uchun 6,1 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi mumkin. Inson omilini istisno etuvchi ushbu texnologiya ta’lim muassasalarida tartib-intizom va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Taʼlim tizimida raqamli inqilob davom etmoqda: endilikda oʻquvchilarning maktabga kelib-ketishi yuqori texnologiyalar nazoratiga oʻtdi. Yangi joriy etilgan «AI Davomat» loyihasi doirasida neyrotarmoqlar har bir taʼlim oluvchini diqqat bilan kuzatib boradi. Agar oʻquvchi sababsiz dars qoldirsa, tizim bu haqda zudlik bilan Ichki ishlar vazirligi bazasiga xabar yoʻllaydi va natijada ota-onalarga masofaviy tarzda jarima qoʻllaniladi.

Javobgarlik choralari:

• Tizimli ravishda dars qoldirganlik uchun 10 dan 15 BRVgacha (4,1 million soʻmdan 6,1 million soʻmgacha) jarima belgilangan.

• Agar qoidabuzarlik takrorlansa, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilishi mumkin.

«AI Davomat» dasturi inson omilini istisno qilgan holda ishlaydi. Bu esa maktab maʼmuriyati va ota-onalar oʻrtasidagi tushunmovchiliklarga chek qoʻyib, taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda. Endi farzandingizning maktabga borganini nafaqat siz, balki «sunʼiy intellekt» ham qattiq nazorat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar