date

Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda

Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda

Mart oyining oxirida Ispaniya va Argentina Finallisima doirasida sovrin uchun bahs olib boradi. Yevropa chempioni va Amerika Kubogi sohibi maqomidagi jamoalar to'qnashuviga hali bir oydan ko'proq vaqt bor, biroq murabbiylar shtablari allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri DSports Radio'ga tayanib yozishicha, argentinaliklar Ispaniya vingeri Lamin Yamalning faolligini cheklash yo'llarini muhokama qilmoqda. Rejaga ko'ra, unga qarshi shaxsiy nazoratda kuchli hisoblangan himoyachi Nikolas Talyafigo birinchi raqamli variant sifatida ko'rilmoqda.

Bundan tashqari, bosh murabbiy Lionel Skaloni jismonan baquvvat yarim himoya chizig'ini shakllantirishni rejalashtirmoqda: tarkibda Yamalga qarshi kurashga butun e'tiborini qaratadigan, zarur bo'lsa "qora ish"ni qiladigan futbolchi ham bo'lishi kerak. Argentina tomoni Yamalni tez-tez ikki futbolchi qarshiligida qoldirishni maqsad qilgan.

Ispaniya va Argentina 27 mart kuni o'ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda