Jezush Ronalduni navbatdagi o'yin uchun dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan bahsda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni AFC Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik hujumchi yaqinda maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv borligi bilan bog'ladi.
Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini ta'kidladi — bu holat avval ham bir necha bor kuzatilgan.
Saudiya Pro-ligasi doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!