date

Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda

Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda

Mart oyining oxirida Ispaniya va Argentina Finallissima doirasida to'qnash keladi: biri amaldagi Yevropa chempioni, boshqasi esa Amerika Kubogi g'olibi sifatida sovrin uchun kurashadi. Uchrashuvga hali bir oydan ko'proq vaqt bor, biroq murabbiylar shtablari tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri DSports Radio manbasiga tayanib xabar berishicha, argentinaliklar Ispaniyaning qanot hujumchisi Lamin Yamalga qarshi qanday himoyalanish masalasini jiddiy muhokama qilmoqda. Rejaga ko'ra, Yamalni asosan shaxsiy nazoratda kuchli hisoblangan himoyachi Nikolas Tagliafiko to'xtatishga urinadi.

Bundan tashqari, bosh murabbiy Lionel Skaloni jismonan baquvvat yarim himoya chizig'ini shakllantirishni rejalashtirmoqda. Unda kamida bitta futbolchi butun e'tiborini Yamal harakatlarini cheklashga qaratib, kerak bo'lsa “qora ish”ni bajarishi ko'zda tutilgan. Argentina rejasi shuki, Yamal imkon qadar tez-tez ikki futbolchi qarshisida qolishi kerak.

Ispaniya va Argentina 27 mart kuni maydonga tushadi.

Shuningdek, avvalroq Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatiga bormasligi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda