date

Vensan Kompani Gvardioladan olgan eng muhim sabog'ini aytdi

Vensan Kompani Gvardioladan olgan eng muhim sabog'ini aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola bilan ishlagan davridan qanday xulosalar chiqarganini ma'lum qildi. Belgiyalik mutaxassis futbolchilik faoliyatida "Manchester Siti" safida ispaniyalik murabbiy qo'l ostida to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani ta'kidlashicha, Gvardioladan o'rgangan asosiy narsa taktika emas, balki mentalitet: doim g'alabani ko'zlash, har bir uchrashuvni birdek muhim deb qabul qilish va kuchli raqib bilan o'yin ham, quyi divizion vakiliga qarshi bahs ham bir xil mas'uliyat talab qilishini unutmaslik. Uning fikricha, shunday yondashuv jamoaga sur'atni hech qachon pasaytirmaslikka yordam beradi.

Ma'lumot uchun, Vensan Kompani "Manchester Siti"da 2008–2019 yillarda o'ynagan. Xosep Gvardiola esa klubni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Kompani "Bavariya"dagi ishini 2024 yil yozida boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vensan Kompani Gvardioladan olgan eng muhim sabog'ini aytdi