date

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan maydonga kamroq tushirishni so'radi

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan maydonga kamroq tushirishni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin orada asosan muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlari boshlanmaguncha uni imkon qadar kamroq o'yinlarga jalb qilishni so'ragan. Portugaliyalik yulduz ortiqcha yuklamadan qochib, muhim bahslarga eng yaxshi holatda tayyorlanishni va jahon chempionatiga optimal formda yetib borishni maqsad qilgan.

Ronaldu joriy mavsum «Al-Nasr» safida 23 uchrashuvda 19 gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Ayven Toni ortidan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan maydonga kamroq tushirishni so'radi