Kompani Bavariya uchun istalgan transfer haqida gapirdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubiga qaysi futbolchini olib kelishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, uning asosiy vazifasi hozirgi tarkibdagi futbolchilar bilan samarali ishlashdan iborat, yangi o‘yinchilarni jalb etish jarayonida esa klubda boshqa mas’ullar ham bor. "Men qo‘limizdagi futbolchilar eng yaxshilar, deb hisoblayman. Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqalar bilan ishlashni xohlayman. Yozda nima bo‘lishini ko‘ramiz", — dedi Kompani matbuot anjumanida.
Vensan Kompani "Bavariya"ni 2024 yil yozida qabul qilib olgandi. Uning boshchiligida Myunxen klubi Bundesliga hamda Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing