Kompani Gvardioladan olgan eng muhim sabog'ini aytdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola bilan ishlagan davridan o'zi uchun eng katta xulosani ochiqladi. Belgiyalik mutaxassis avval «Manchester Siti» safida ispan murabbiyi qo'l ostida maydonga tushgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani ta'kidlashicha, Gvardioladan u asosan taktika emas, mentalitetni o'rgangan: har doim g'alabani ko'zlash, har bir o'yinga nihoyatda jiddiy yondashish va asosiy raqibga qarshi uchrashuv bilan quyi liga jamoasiga qarshi bahsni bir xil darajada muhim deb bilish. Uning fikricha, aynan shu yondashuv jamoaga sur'atni pasaytirmaslikka yordam beradi.
Vensan Kompani «shaharliklar» safida 2008 yildan 2019 yilgacha o'ynagan. Gvardiola esa «Manchester Siti»ni 2016 yildan buyon boshqarib keladi. Kompani 2024 yil yozida «Bavariya»dagi lavozimni qabul qilib olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!