Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan uni kamroq maydonga tushirishni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini asosan eng muhim bahslarga asrab qolmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasi o'yinlarida hal qiluvchi bosqichlar boshlanguniga qadar uni imkon qadar kamroq maydonga tushirishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, muhim uchrashuvlarga maksimal tayyorgarlik ko'rish va jahon chempionatiga optimal sport formasida yetib borishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 o'yinda 19 gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing