Kompani Gvardioladan o'zlashtirgan eng muhim saboqni aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola bilan ishlagan davridan qaysi jihatlarni o'ziga singdirganini gapirib berdi. Belgiyalik mutaxassis "Manchester Siti"da ispaniyalik murabbiy qo'l ostida to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani ta'kidlashicha, u Gvardioladan eng avvalo taktika emas, balki ruhiy yondashuvni o'rgangan: har doim g'alabaga intilish, har bir uchrashuvni birdek muhim deb bilish va kuchli raqib bilan o'yinmi yoki quyi divizion jamoasiga qarshimi — farq qilmasdan maksimal darajada tayyor turish. Uning fikricha, shunday mentalitet jamoaga hech qachon sur'atni pasaytirmaslikka yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, Kompani "Siti" safida 2008 yildan 2019 yilgacha o'ynagan, Gvardiola esa klubni 2016 yildan beri boshqarib keladi. Kompani "Bavariya"dagi ishini 2024 yil yozida boshlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!