Kompanining aytishicha, u Gvardioladan g‘alaba mentalitetini oldi

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surgan yillaridan qanday saboq olganini aytib berdi. Belgiyalik mutaxassis “Manchester Siti”da ispan murabbiyi bilan birga ishlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani ta’kidlashicha, eng katta o‘rgangan jihati taktika emas, balki mentalitet: har doim g‘alaba uchun yashash, har bir uchrashuvni muhim deb qabul qilish va asosiy raqib bilan o‘yin bilan quyi liga vakiliga qarshi bahs o‘rtasida farq qilmaslik. Uning fikricha, aynan shu yondashuv jamoaga tempni tushirmasdan doimiy yuqori darajada qolishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Kompani “Manchester Siti” safida 2008–2019 yillarda o‘ynagan, Gvardiola esa klubni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Belgiyalik murabbiy 2024 yil yozida “Bavariya”ni qabul qilib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!