Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan o'yinlar bo'yicha iltimos qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumning hamma uchrashuvida maydonga tushishni istamayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasidagi ilk bosqichlarda uni imkon qadar kamroq ishlatishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, hal qiluvchi bahslarga maksimal tayyorgarlik ko'rish va jahon chempionatiga optimal sport formasida yetib borishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 o'yinda 19 ta gol urdi. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing