Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan muhim iltimos bilan chiqdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa safida asosan eng muhim bahslardagina maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko‘ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlari boshlanguncha uni imkon qadar kamroq o‘yinlarda ishlatishni so‘ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy uchrashuvlarga maksimal tayyorgarlik ko‘rishni va jahon chempionatiga optimal formada borishni istamoqda.
Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» tarkibida 23 o‘yinda 19 gol urdi. Yulduz futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlar ro‘yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing