Dibala Messi va Ronalduning o‘xshash jihatini aytdi

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynagan futbolchi sifatida doimiy bahsga sabab bo‘ladigan savolga munosabat bildirdi. Argentinalik yulduz kim kuchliroq ekani borasida aniq taraf olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dibalaning ta’kidlashicha, Messi va Ronaldu texnik jihatdan turlicha, biroq ruhiy tomondan juda o‘xshash. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkisi ham g‘alabaga chanqoq, raqobatga to‘la mentalitet egasi va maydonda “haqiqiy yirtqich”dek harakat qiladi. Bu fikrlarni La Gazzetta dello Sport nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyati davomida “Oltin to‘p”ni sakkiz marta qo‘lga kiritgan, Ronaldu esa besh bor ushbu sovrinni yutgan. Hozir Messi “Inter Mayami” safida, Ronaldu esa “Al-Nasr”da to‘p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!