date

Borussiya yozda braziliyalik himoyachini tarkibiga qo'shadi

Borussiya yozda braziliyalik himoyachini tarkibiga qo'shadi

Dortmundning «Borussiya» klubi rasmiy sayti orqali yozgi transfer bo'yicha kelishuvga erishilganini ma'lum qildi. «Asalarilar» safini braziliyalik himoyachi Kauan Prates to'ldiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Prates yozgacha «Kruzeyro»da o'ynashda davom etadi, shundan so'ng Dortmund jamoasiga qo'shiladi. Ushbu haftada futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Avgust oyida Kauan Prates 18 yoshga to'ladi. U chap qanot himoyasida ham, markaziy himoyachi sifatida ham o'ynay oladi.

Ayni paytda «Borussiya» Bundesligada turnir jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. Jamoa peshqadam «Bavariya»dan olti ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Borussiya yozda braziliyalik himoyachini tarkibiga qo'shadi