date

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan o'yin yuklamasini kamaytirishni so'radi

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan o'yin yuklamasini kamaytirishni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum davomida faqat eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasi bahslarining hal qiluvchi bosqichlari boshlanguniga qadar o'zini imkon qadar kamroq o'ynatishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy o'yinlarga maksimal tayyorgarlik ko'rish va jahon chempionatiga optimal sport formasi bilan yetib borishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 uchrashuvda 19 ta gol urdi. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan o'yin yuklamasini kamaytirishni so'radi