Kompani yoshlikdagi kumiri kim bo‘lganini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani yoshlik paytlarida o‘ziga ideal sifatida «Milan»ning sobiq himoyachisi va Fransiya terma jamoasi afsonasi Marsel Desayiyni ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiyalik mutaxassis Desayiyni kuchli himoyachi deb atab, uning Fransiya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgani Kompanini katta ilhomlantirganini ta’kidladi.
Shuningdek, Kompani maydonda unga eng qiyin raqib bo‘lgan futbolchi nomini ham aytdi: u Lionel Messi yoki Krishtianu Ronalduni emas, Ronaldinyoni ajratib ko‘rsatdi.
Bundesliganing 22-turidan so‘ng Kompani boshqaruvidagi «Bavariya» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Myunxenliklar Chempionlar ligasida ham bevosita 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!