Vensan Kompani Ranal'din'oni Messi va Ronaldudan yuqori qo'ydi

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchilik faoliyati davomidagi eng kuchli raqiblari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiyalik mutaxassis alohida ta’kidni braziliyalik Ranal'din'oga qaratdi. U faoliyati davomida PSJ, “Barselona” va “Milan” kabi klublarda o'ynagani bilan mashhur.
“Menga eng katta taassurot qoldirgan futbolchi — Ranal'din'o. Albatta, Ronaldu va Messi eng zo'r o'yinchilar, lekin bitta o'yin doirasida beradigan hissiyot va ta’sir haqida gap ketganda, men uchun birinchi o'rinda Ranal'din'o turadi”, — dedi Kompani.
Eslatib o'tamiz, Kompani 2020 yilda futbolchilikni yakunlagan. U 2024 yil yozidan buyon “Bavariya”ni boshqarib kelmoqda va o'tgan mavsumda jamoani Bundesliga chempionligiga olib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!