date

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan muhim iltimos bilan chiqdi

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan muhim iltimos bilan chiqdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faqat eng muhim o‘yinlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko‘ra, 41 yoshli futbolchi jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasi uchrashuvlarida hal qiluvchi bosqichlar boshlanguncha uni imkon qadar kamroq o‘ynatishni so‘ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy bahslarga va jahon chempionatiga optimal formaga kirib borishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 o‘yinda 19 ta gol urdi. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlar ro‘yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan muhim iltimos bilan chiqdi