date

Kompani Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Kompani Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Madridning “Real” vingeri Vinisius Junior “Benfika” futbolchisi Janluka Prestiannini maydonda irqchilik qilganlikda aybladi. Ushbu vaziyat yuzasidan “Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani ham fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani matbuot anjumanida Vinisiusning reaksiyasi sun’iy emasligini ta’kidladi: uningcha, futbolchi hakam oldiga shunchaki borib, vaziyatni bo‘rttirishdan manfaat topmaydi. Murabbiy, shuningdek, odatda diplomatik ohangda gapiradigan Kilian Mbappe ham ko‘rgan va eshitganlariga nisbatan juda ochiq fikr bildirganini qayd etdi.

Mutaxassisning aytishicha, “Benfika” futbolchisi o‘z gaplarini futbolkasi bilan berkitishga uringan, tribunada esa ayrim muxlislar maymunsimon ishoralar ko‘rsatgani ham ko‘ringan. Bu holatlar videoyozuvda ham qayd etilgani aytildi.

“Bavariya” navbatdagi uchrashuvini 21 fevral kuni “Ayntraxt”ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi