date

PSJ Dembele jarohati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

PSJ Dembele jarohati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

PSJ klubi rasmiy saytida jamoa futbolchilari bo'yicha tibbiy ma'lumotnoma e'lon qildi. Unda Yevropa Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan hujumchi Usmon Dembele holati haqida so'z boradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parijliklar bayonotiga ko'ra, Dembele boldir mushagida noqulaylik sezgan va yaqin kunlarda zalda individual dastur asosida shug'ullanadi.

Shu sababli hujumchi shanba kuni Fransiya chempionati doirasida «Mets»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Ushbu bahsda PSJ o'z maydonida «Mets»ni qabul qiladi.

Shuningdek, yarim himoyachi Fabian Ruis yana individual mashg'ulotlarga qaytgani ham ta'kidlandi.

Ayni paytda PSJ Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Lans»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Dembele jarohati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi