Bavariya Maykl Oliseni yozda sotmaslikka qat’iy qaror qildi

«Bavariya» vingeri Maykl Olise joriy mavsumda barqaror va yuqori darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. Shu bois u haqda APLning bir qator grandlari, xususan «Liverpul» bilan bog‘liq mish-mishlar ham vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq myunxenliklar pozitsiyasi keskin: klub manbalariga ko‘ra, «Bavariya» Oliseni yaqin yozda qanday sharoit bo‘lishidan qat’i nazar sotishni istamaydi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Olisenin o‘zi ham bunday qat’iy qarorni muammo sifatida ko‘rmayapti: fransuz futbolchi Myunxenda o‘zini baxtli his qilmoqda va aynan shu klubda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini sezmoqda.
Maykl Olise «Bavariya» safiga 2024 yil iyulida «Kristal Pelas»dan kelib qo‘shilgandi. Shundan buyon u 89 uchrashuvda maydonga tushib, 33 gol va 48 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!