date

Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o'rnini egallashi kutilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Madridning "Real" klubini boshqargan murabbiy navbatdagi jahon chempionati yakunlangach "uchranglilar"ni qabul qilib oladi. Shu tariqa Zidan murabbiylik faoliyatiga besh yillik tanaffusdan so'ng qaytadi.

Desham esa Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlarning raqiblari Senegal va Norvegiya bo'ladi, uchinchi jamoa esa pley-off bahslari orqali aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi