date

Zidan Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lib qaytadi

Zidan Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lib qaytadi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o'rnini egallashga yaqin. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi navbatdagi jahon chempionati yakunidan so'ng «uchranglilar»ni boshqaradi. Shu tariqa Zidan murabbiylik faoliyatiga besh yillik tanaffusdan keyin qaytmoqda.

Dide Desham esa Fransiya termasini 2012 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. JCH-2026 guruh bosqichida fransuzlarning raqiblari Senegal va Norvegiya bo'ladi, uchinchi jamoa esa pley-off natijalariga ko'ra ma'lum bo'ladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha o'tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zidan Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lib qaytadi