date

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa xabar qoldirdi

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa xabar qoldirdi

Saudiyaning «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yangi post e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi: «Biz tinimsiz mehnat tufayli o'syapmiz», degan mazmunda atigi besh so'zdan iborat fikrini ulashdi.

Ronaldu jamoasi navbatdagi uchrashuvini Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turi doirasida «Al-Hazm»ga qarshi o'tkazadi. Bahs bugun, 21-fevral kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Joriy mavsumda Krishtianu Saudiya Pro-ligasida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol (shundan 4 tasi penaltidan) va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa xabar qoldirdi