date

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Sobiq “Real” murabbiyi yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidan so‘ng “uchranglilar”ni qabul qilib oladi va shu tariqa besh yillik tanaffusdan keyin murabbiylikka qaytadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dide Desham esa Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan beri boshqarib keladi. 2026 yilgi mundialda fransuzlar guruh bosqichida Senegal va Norvegiya bilan to‘qnash keladi, uchinchi raqib esa saralashdagi pley-off o‘yinlaridan keyin aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi