Radimov Italiya terma jamoasi darajasini past baholadi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubida to‘p surgan sobiq yarim himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futbolining bugungi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Radimovning aytishicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: terma jamoa mundialga chiqmay qolish xavfi ostida. Uning ta’kidlashicha, klublar legionerlar hisobiga natija ko‘rsatib turgan bo‘lsa-da, milliy jamoa darajasi yetarlicha yuqori emas. Mutaxassis bu fikrlarni “Match TV” efirida bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma ola olmadi. Jyenaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa yo‘llanma uchun pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi.
2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirga uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!