date

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Madridning “Real” klubini boshqargan sobiq murabbiy jahon chempionati yakunlanganidan keyin “uch ranglilar” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Shu tariqa, Zidan besh yillik tanaffusdan so‘ng murabbiylik faoliyatiga qaytadi.

Dide Desham 2012 yil yozidan beri Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlar Senegal va Norvegiya bilan to‘qnash keladi, uchinchi raqib esa saralashdagi pley-off natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi