date

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Didye Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano. Sobiq “Real” bosh murabbiyi navbatdagi jahon chempionati yakunidan so‘ng “uch ranglilar”ni boshqaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu tariqa Zidan besh yillik tanaffusdan keyin murabbiylik faoliyatiga qaytadi. Desham esa Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundialda fransuzlarning guruhdagi raqiblari Senegal va Norvegiya bo‘ladi, uchinchi jamoa esa pley-off bahslaridan keyin ma’lum bo‘ladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin