Mourinyo Vinisius bilan mojaro ortidan tanqidlarga javob berdi

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi bahsdan keyin keskin tanqidlar markazida qoldi. U jamoasini himoya qilib, "Benfika"ni irqchilikda ayblash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv davomida Vinisius Junior raqib futbolchisi Janluka Prestianchini irqchilikda aybladi. Mourinyo esa braziliyalik yulduzning golni nishonlashdagi harakatlarini provokatsion deb baholab, vaziyatni yanada keskinlashtirmaslik kerakligini ishora qildi. Mazkur holat yuzasidan UEFA rasmiy tekshiruv boshlagan.
Mourinyoni tanqid qilganlar orasida "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani ham bor. Portugaliyaning O Jogo nashri keltirishicha, Mourinyo: "Buni izohlashni istamayman. Yana takrorlayman, bu hamma uchun qiyin bo‘ldi — qaysi darajada qiyinchilik bo‘lganini aniqlashtirmayman, ammo hamma uchun oson bo‘lmadi", — dedi.
"Real" va "Benfika" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!