Anchelotti murabbiylikda hammasi ishonchga bog‘liq dedi

Karro Anchelotti murabbiylik kasbining eng muhim jihati haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisga ko‘ra, bu ishda hamma narsa rahbariyat va jamoa ishonchiga borib taqaladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Murabbiyning shartnomasi ishonch bor ekan amal qiladi. Meni deyarli hamma joyda ishdan bo‘shatishgan. O‘nta klubda ishlaganman, shundan yettitasida meni bo‘shatishgan», — dedi Anchelotti. Uning so‘zlarini Cadena SER keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozdan beri Anchelotti Braziliya milliy jamoasini boshqarmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida «selesao» Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi maydonga tushadi. Braziliya terma jamoasi 2002 yildan buyon ilk bor mundialni yutishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing