Anchelotti Ronaldu intizomini eslab, tiklanish muhimligini aytdi

Hozir Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anchelottining aytishicha, Ronaldu u ishlagan eng professionallardan biri. Murabbiy bir voqeani ham esladi: Ronaldu bir kuni unga «Juda ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi», degan. Bu bilan u futbolchilar uchun tiklanish jarayoni jismoniy yuklamadan kam emasligini ta’kidlagan. Anchelottiga ko‘ra, ko‘plab jarohatlar aynan haddan tashqari yuklama oqibatida yuzaga keladi.
41 yoshli portugaliyalik hujumchi hozir Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!