Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, u ishlagan futbolchilar orasida Ronaldu eng professionallaridan biri. Anchelotti portugaliyalik yulduz bir safar unga: «Haddan tashqari ko‘p suv o‘simlikni ham nobud qiladi», deganini esladi. Murabbiy futbol jismoniy jihatdan katta talab qo‘yishini, biroq tiklanish jarayoni hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta’kidladi. Uning fikricha, jarohatlarning katta qismi aynan ortiqcha yuklama sabab yuzaga keladi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surmoqda. Portugaliyalik hujumchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida «Oltin to‘p»ni besh bor qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!