date

Anchelotti Ronaldu haqida uning o'gitini eslab gapirdi

Anchelotti Ronaldu haqida uning o'gitini eslab gapirdi

Hozir Braziliya terma jamoasi bilan ishlayotgan mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelottining aytishicha, Ronaldu u hamkorlik qilgan eng professional futbolchilardan biri. Murabbiy Cadena SER nashriga tayanib, portugaliyalik yulduz bir safar unga: “Haddan tashqari ko'p suv o'simlikni o'ldiradi”, deganini esladi. Anchelotti futbol jismoniy jihatdan katta yuklama talab qilishini, biroq tiklanish jarayoni ham shunchalik muhim ekanini ta'kidladi. Uning fikricha, ko'plab jarohatlar aynan ortiqcha yuklama sabab yuzaga keladi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonida “Al-Nasr” safida o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh bor “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Ronaldu haqida uning o'gitini eslab gapirdi