Kavani muxlislar noroziligiga uchradi, Bokadagi kelajagi so'roq ostida

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani "Boka Xuniors"ni tark etishi mumkin. Biroq gap uning shaxsiy istagida emas: futbolchining so'nggi o'yinlari klub muxlislarini ranjitmoqda va stadionda unga nisbatan hushtakbozlik tobora ko'paymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi uchrashuvda Kavani almashtirilgan paytda ham bu holat yana takrorlandi — "Matador" maydonni tark etayotganda tribunalardan keskin hushtaklar yangradi. Almashtirish esa vaziyatni o'zgartirmadi: "Boka" "Platenze" darvozasini ishg'ol qila olmadi va o'yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Argentina OAVlari endi Kavani bilan shartnomani uzaytirish masalasiga juda ehtiyotkorona yondashmoqda. Bunga qo'shimcha ravishda, klub paragvaylik Adam Bareyroni safiga qo'shib oldi va ko'pchilik u 39 yoshli tajribali hujumchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!