date

Anchelotti murabbiylikda eng muhim narsa ishonch dedi

Anchelotti murabbiylikda eng muhim narsa ishonch dedi

Karlo Anchelotti murabbiylik kasbining o‘ziga xos jihatlari haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisga ko‘ra, bu sohada hammasi klub va murabbiy o‘rtasidagi ishonchga borib taqaladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Murabbiy bilan shartnoma ishonch bor ekan, amal qiladi. Meni deyarli hamma joyda ishdan bo‘shatishgan. O‘n klubda ishlaganman, shundan yettitasida meni ketkazishgan», — deya Anchelottining so‘zlarini Cadena SER keltirdi.

Ma’lumki, o‘tgan yozdan buyon Karlo Anchelotti Braziliya milliy terma jamoasini boshqarmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida «selesao» Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan bahs olib boradi. Braziliya jamoasi 2002 yildan beri ilk bor mundialni yutishni asosiy maqsad qilib qo‘ymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti murabbiylikda eng muhim narsa ishonch dedi